Oracle Academy bilan hamkorlikda xalqaro malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda

07 Avgust 2021
image

Xabaringiz bor, o‘tgan yili vazirlik va Oracle Academy kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolanib, mamlakatimizning turli hududlaridan 60 nafar informatika o‘qituvchisi “Java Foundation”kursi bo‘yicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi. O‘z navbatida ushbu o‘qituvchilar tomonidan joriy yilning yanvar-may oylari davomida maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga “Frilansing” variativ o‘quv rejasi asosida Java dasturlash tili o‘rgatildi hamda tegishli sertifikatlar taqdim etildi.

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq 2021-2022 o‘quv yili davomida 100 nafar ishtirokchi uchun xalqaro malaka oshirish kurslari tashkil etilib, unda birinchi guruhda 50 nafar o‘qituvchi o‘zbek yoki rus tilida (08.11.2021 dan 14.03.2022 gacha), keyingi guruhdagi 50 nafar pedagog rus yoki ingliz tilida (31.01.2022 dan 06.06.2022 gacha) onlayn-treningda o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Hurmatli pedagoglar, marhamat Oracle Academy tomonidan taqdim etilayotgan ajoyib imkoniyatdan samarali foydalaning, “Java Foundation” kursini muvaffaqiyatli tamomlab xalqaro sertifikat sohibiga aylaning va maktabingizda o‘quvchilarga zamonaviy kasblardan biri – dasturlash bo‘yicha xalqaro kurslarni o‘qitishni boshlang. Buning uchun quyidagi havola orqali joriy yilning 15 avgust kuniga qadar tegishli arizani to‘ldirib jo‘nating - https://forms.gle/pQ4ywdoeM2fA89wV6

Qo‘shimcha savollar bo‘lsa, dushanba-juma kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha 71 241-02-45 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

info@kitobfondi.uz
@kitobfondi
@t.me/kitobfondi
/kitobfondi